Sog‘lomlashtirish aksiyaning birinchi kunida 3877 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Termiz shahridagi "Amudaryo bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi"da bo‘lib o‘tayotgan sayyor tibbiy qabulning birinchi kunida 3877 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Umumiy ko‘rikdan o‘tkazilgan fuqarolarning 1013 nafarida laborator tahlillar olindi, 699 nafarida UZI, 98 nafari rentgen, 65 nafari exo EEG, 37 nafari mammograf, 927 nafari EKG, 42 nafarida exo KG doplerli UZI takshiruvlari o‘tkazildi.

Ularning 3827 nafarida turli darajadagi kasalliklar aniqlandi. Shundan, 1289 nafar bemor ambulator, 1302 nafari tumanda, 1029 nafari viloyatda statsionar tartibida, 207 nafar bemor respublika miqyosida davolanishga tavsiya etildi.

Muammoli masalalar bilan kelgan murojaatchilarni Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov hamda Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev shaxsan qabul qildi.

Bundan tashqari, hozirgacha viloyatda 100 nafarga yaqin og‘ir bemorlarda davlat hisobidan murakkab operatsiyalar o‘tkazildi.