18 aprel - Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni
Bugun,18 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni nishonlanmoqda.
Surxondaryo viloyatining uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida o‘nlab yo‘nalishlarda korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 400 dan ortiq malakali ishchilar, muhandis-texnik xodimlar, yuksak kasb mahoratiga ega bo‘lgan mutaxassislar mehnat qilmoqda.
Sohada xizmat qilayotgan usta chilangarlar va loyihachilarni, mexanik va texnologlarni, kochegar va operatorlarni, oddiy ishchi va muhandislarni, hurmatli faxriylarni, vohamizda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga daxldor barcha xodimlarimizni qutlug‘ sana – 18 aprel Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni bilan samimiy tabriklab, barchangizga cheksiz hurmatimizni va ezgu tilaklarimizni izhor etamiz.
Barchangizga sihat-salomatlik, mashaqqatli, ammo olijanob faoliyatingizda va shaxsiy hayotingizda yutuq va omadlar tilaymiz.
Surxondaryo viloyati hokimligi jamoasi
Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati