Dehqonchilik va bog‘dorchilikka ixtisoslashgan 2,5 mingta mahalla “lider” tadbirkorlar orqali rivojlantiriladi.

Dehqonlarimiz mavsumga o‘z vaqtida tayyorgarlik ko‘rishi uchun Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasiga ajratilgan 2 trillion so‘m resurs hisobidan ikkinchi chorakda qo‘shimcha 350 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Ushbu mablag‘lar “lider” tadbirkorlar orqali urug‘, ko‘chat, o‘g‘it sotib olish va boshqa xarajatlar uchun beriladi.

Ushbu mablag‘lar hisobiga 250 ta og‘ir mahalladagi 165 ming nafar aholi bandligini ta’minlash vazifasi qo‘yildi.

Yana 2,5 mingta mahalla chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilikka ixtisoslashgan. Ularni rivojlantirish uchun:

- kamida 1,5 mingta mahallaga inkubator;

- har bir viloyatda kamida 20 mingta xonadonga 20-100 tadan xonaki tovuq;

- 1000 tagacha mahallada 5-10 ta xonadonga asalari uyalari tarqatiladi.

Bu chora-tadbirlar orqali birinchi yarim yillikda aholi xonadonlarida chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik yo‘nalishlarda kamida 140 ming nafar aholi bandligini ta’minlash vazifasi qo‘yildi.