Yig‘ilishda kasanachilikni rivojlantirish xotin-qizlar, nogironligi bor aholini ish bilan ta’minlash uchun yaxshi imkoniyat ekanligi ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan, kasanachilar bilan ishlaydigan tadbirkorlarga:

- oilaviy tadbirkorlik dasturidan 500 milliard so‘m yo‘naltiriladi;

- oladigan kreditlari bo‘yicha Tadbirkorlik jamg‘armasidan 75 foizlik kafillik beriladi hamda foiz xarajatlarining 10 foizdan yuqori qismi qoplab beriladi.

Kasanachilarga esa:

- o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar kabi faqat ijtimoiy soliq to‘lash imkoniyati beriladi;

– olis hududda ishlayotgan kasanachilarning dastlabki 1 oylik ish haqi davlat tomonidan qoplab beriladi.

Viloyat hokimlariga ushbu imkoniyatlardan foydalanib yil yakuniga qadar 100 ming nafar aholining bandligini ta’minlash topshirildi.