Respublika bo‘yicha 2 mingdan ziyod mahalla xizmatlar sohasiga ixtisoslashgan.

Prezident aholisi ko‘p qishloqlarda shaharlardagi mavjud xizmatlarni imkon qadar yo‘lga qo‘yish lozimligini ko‘rsatib o‘tdi.

Mutasaddilarga aholisi 20 mingdan oshadigan 3-4 ta mahalla uchun kamida 1 tadan mahallalararo chakana savdo va xizmat ko‘rsatish markazlarini tashkil etish bo‘yicha loyiha tashabbuskorlarini aniqlash topshirildi.

Ushbu markazlar ham, mikro sanoat markazlari kabi, 5 yil muddatga yer va mol-mulk solig‘idan ozod etilishi belgilandi.

Bu orqali viloyat hokimlari mahallalarda ikkinchi chorakda xizmatlar sohasida 140 mingta ish o‘rni yaratishi zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan hudud va tarmoq rahbarlari hisobot berdi, hokim yordamchilarining fikr-mulohazalari tinglandi.