To‘ra Bobolov “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi
Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida joriy yilning 7-8 may kunlari bo‘lib o‘tadigan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.
Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov xalqaro festivalga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishib, mas’ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.
Ayni vaqtda festival bo‘ladigan Padang kengliklarida 100 ga yaqin o‘tovlar o‘rnatilgan bo‘lib, viloyat hokimi o‘tovlarning joylashtirilishi alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi. Buning uchun tajribali dizaynerlarni jalb etish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatma berdi.
Yig‘ilishda shuningdek, sport tadbirlarining tashkil etilishi, qatnashuvchilarga sifatli transport va ovqatlanish xizmatlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berdi.
Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati