Sangardakda sog‘liqni saqlash vazirligining sayyor tibbiy qabuli bo‘lib o‘tdi

Ayni kunlarda viloyatimizda sog‘lig‘idan shikoyat qilayotgan yurtdoshlarimiz uchun joylarda bepul sifatli tibbiy ko‘rik tashkil etilib, tibbiy yordamga muhtojlik darajasi asosida Toshkent shahri, viloyat va tumanda davolash choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, yuqori tibbiy amaliyot talab etiladigan murojaatchilarga shu yerning o‘zida order rasmiylashtirilmoqda.

Kuni kecha Sog‘liqni saqlash vaziri Bexzod Musayevning Sariosiyo tumanining olis Sangardak qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulida ham ayni shu jihatlarga e’tibor qaratildi.  Vazirga Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov hamrohlik qildi.

"Sangardak" oilaviy shifokorlik punktida tashkil etilgan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikda tog‘li qishloq aholisining 300 nafardan ortig‘i qamrab olindi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati