YANGI TAYINLOV
Ibragimova Shaxodat Safarovna Surxondaryo viloyati hokimligi bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati mudiri lavozimiga vazifani vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.
SH.Ibragimova 1974 yilda Denov tumanida tug‘ilgan. 1996 yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida maktab o‘qituvchisi, direktori, Denov pedagogika va Hazorbog‘ iqtisodiyot kollejlari direktori hamda Denov tumani hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimlarida ishlagan.
U shu kungacha Denov tumani Maxalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari - tuman hokimning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati