“Axborot-kutubxona a’lochisi” ko‘krak nishoni o‘z egalariga topshirildi
Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Jo‘rabek To‘rayev “Axborot-kutubxona a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan bir guruh kutubxonachilarga mukofotlarni tantanali topshirdi.
2020 yilda ta’sis etilgan mazkur ko‘krak nishoniga sazovor bo‘lgan soha fidoyilariga bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari qiymatidagi bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti ham beriladi.
Joriy yilda nufuzli ko‘krak nishonga Surxondaryodan quyidagi to‘rt nafar kutubxonachi munosib ko‘rildi:
Dilrabo Sattorova – Adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat axborot kutubxona markazi xizmat rahbari;
Ra’no Vahobova – Boysun tumani AKM xizmat rahbari;
Mavluda Xalilova – TerDU ARM yetakchi mutaxassisi;
Malohat Usmanova – Denov tumanidagi 1-son kasb-hunar maktabi kutubxona mutaxassisi.