Prezident turizm qishloqlari uchun qo‘shimcha imtiyozlarni e’lon qildi. 1 iyuldan boshlab:
- turizm qishloqlarida mehmon uylari, ovqatlanish va savdo shoxobchalari, ko‘ngilochar joylar tashkil etgan tadbirkorlar 3 yil davomida aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada, mol-mulk, yer, suv soliqlarini hisoblangan summadan bor yo‘g‘i 1 foizini to‘laydi;
- oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida ushbu qishloqlarda mehmon uylari tashkil etishga 50 million so‘mgacha, o‘tov lagerlari va eko-uylar majmuasiga 300 million so‘mgacha, chodirli lagerlar qurishga 300 million so‘mgacha kreditlar beriladi.
Misol uchun, Chiroqchidagi Tarag‘ay va Langar qishloqlari aholisi kamida 100 tadan mehmon uylari tashkil etish tashabbusini bildirgan;
- har yili turizm qishloqlarining 200 nafar yoshlari budjet hisobidan turizm texnikumlarida bepul o‘qitiladi.
135 ta ixtisoslashgan mahallada 2,5 mingta loyiha uchun joriy yilda 250 milliard so‘m va 50 million dollar ajratiladi.
Mehmon uylari tashkil etish uchun 100 milliard so‘m yo‘naltiriladi.