Termiz tumanida pishib yetilgan o‘rik jahon bozorida xaridorgir
Termiz tumanida turkiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Humo agro” xorijiy korxonasi 106,3 gektar maydonda bog‘ yaratib, uning 58 gektariga Turkiya, Italiya va Gretsiyadan keltirilgan 18 turdagi ertapishar, hosildor o‘rik navlarini ekkan
Havo iqlimining o‘ziga xosligi sabab mamlakatimizda birinchi bo‘lib pishgan ushbu o‘rik mevalari har kuni 10 tonnadan ortiq miqdorda Rossiya va qo‘shni davlatlarga eksport qilinmoqda, mahalliy aholi iste’moli uchun respublikamiz bo‘ylab ichki bozorlarga chiqarilmoqda.
Korxonada 30 ta doimiy, 300 tagacha mavsumiy ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lib, joriy mavsumda o‘rikzordan 270-300 tonna hosil olish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida Surxondaryo viloyati xorijiy mamlakatlarga 8,3 tonna o‘rik eksport qilgan.