Denov tumanining “Namozgoh” mahallasida yangi savdo majmuasi quriladi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Xalq deputatlari Denov tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ishtirok etdi.

Sessiyada tumanning “Namozgoh” mahallasi hududida zamonaviy savdo majmuasini bunyod etish uchun Bosh loyihachi va pudratchilarni tanlash, qurilayotgan ortiqcha savdo do‘konlarini sotish va undan tushadigan mablag‘larni yangi majmua qurilishiga yo‘naltirish, shuningdek, 2022 yilning 1-choragida aholi murojaatlari bilan ishlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha olib borilgan ishlar tahlil qilindi.

Sessiyada kun tartibidagi masalalarga oid vazifalar xususida atroflicha fikr yuritildi. Deputatlar, siyosiy partiyalar guruhlari, mutasaddi idora va tashkilotlar vakillarining taklif va mulohazalari eshitildi.