"Boysun bahori" xalqaro festivaliga marxamat!
"Boysun bahori" xalqaro festivaliga marxamat!
Ayni kunlarda "Boysun baxori" xalkaro festivaliga kurilayotgan tayyorgarlik avjida. Haqiqiy o‘zbekona muhitni yaratish, tashrif buyuruvchilarga yuqori kayfiyat ulashish maqsadida bir-biridan ajoyib chiqishlar-u ko‘rgazmalar tayyorlanmoqda.
Bugun esa aynan ushbu festival uchun poytaxtimizdan tashrif buyurgan bir guruh san’atkorlar "Boysun" temiryo‘l vokzalida kutib olindi. Endilikda ular festival shukuhini yanada boyitish va uni yuqori saviyada o‘tkazish yo‘lida xizmat qilishmokda.
Siz aziz yurtdoshlarimizni esa 7-8 may kunlari festivalda kutib qolamiz.