Xushxabar: Surxon qizi Umida Omonova shaxmatning ikkita yo‘nalishida jahon chempioni bo‘ldi

Gretsiyaning Rodos shahrida shaxmat bo‘yicha bolalar va o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatining rapid va blits yo‘nalishlarida Surxondaryo shaxmat maktabi vakili 16 yoshli Umida Omonova o‘z yoshi toifasida jahon chempioni bo‘ldi.

Jahon chempionatida dunyoning 40 davlatidan 330 nafardan ortiq yosh shaxmatchi ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, Umida Omonova 2006 yilda Surxondaryo viloyati SHerobod tumanida tug‘ilgan, 2 karra jahon chempioni, 2 karra jahon chempionati sovrindori, 10 karra Osiyo va 14 karra O‘zbekiston chempioni bo‘lgan. Xalqaro toifadagi Fide “WFM” ayollar sport ustasi hamda Respublika terma jamoa a’zosi. 2021 yilda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori bo‘lgan.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati