Yig‘ilishda elektrotexnika tarmog‘ida izlanish va rivojlantirish (R&D) bo‘yicha alohida dastur amalga oshiriladi.

Bunda, tarmoq mutasaddilari va korxonalari yil yakuniga qadar:

- “Elektroapparat” (muqobil energetika va kuchlanish uskunalari bo‘yicha izlanishlar), “Texnopark” (murakkab qoliplar), “Artel” (maishiy texnika yangi modellari), “Uzkabel” (yangi izolyatsiya materiallari va kabel) negizida 4 ta R&D markazini tashkil etadi;

- ushbu markazlarga malakali xorijiy va mahalliy mutaxassislar jalb qilinadi;

- markazlar uchun Innovatsiya jamg‘armasidan 10 milliard so‘m grantlar ajratiladi.

Moliya vazirligiga R&D markazlarini qo‘llab-quvvatlash uchun uch yil muddatga:

- mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha hisoblangan summaning 1 foizini to‘lash;

- ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz miqdorida belgilash bo‘yicha qonun loyihasini kiritish topshirildi.

Yetakchi xorijiy kompaniyalarni jalb qilib, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi huzurida Loyihalash va injiniring markazini tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati