#Boysun_bahori

#Boysun_bahori

 

Erta tongdan Surxon vohasining so‘lim Boysun tumanidagi «Padang» qishlog‘ida xalqimizning ko‘p asrlik qadriyatlari va an’analarini o‘zida tarannum etuvchi «Boysun bahori» xalqaro folklor festivali boshlandi.

 

7-8 may kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan Xalqaro festivalga respublikamizning barcha hududlaridan shuningdek, xorijiy davlatlardan mehmonlar ham tashrif buyurishgan.

 

Festival doirasida xalq sayillari, konsertlar, milliy taom va liboslar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlari ko‘rgazmalarini tashkil etilgan.