Surxondaryoda chakana savdo tovar aylanmasi 3 669,9 mlrd so‘mni tashkil etdi
Surxondaryo viloyatida 2022 yilning yanvar-mart oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 3 669,9 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Surxondaryo viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga (https://t.me/surxonstat_uz) ko‘ra, iqtisodiyotning bu tarmog‘i o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 105,7 foizga o‘sgan.
Eng yuqori ulush: Denov tumani – 24,6 foiz. 903,5 mlrd so‘mlik chakana savdo tovar aylanmasini amalga oshirgan.
Eng past ko‘rsatkich:
Bandixon tumani – 1,1 foiz. 40,2 mlrd so‘mlik chakana savdo tovar aylanmasini amalga oshirgan.