To‘ra Bobolov maktab bitiruvchilari bilan uchrashdi
25 may. Maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” jarangladi. Ulkan orzu-maqsadlar bilan ta’lim-tarbiya quchog‘ida jam bo‘lgan o‘quvchilar bugun hayotning katta ostonasiga qadam qo‘yishmoqda.
Bugun viloyatimizning 929 ta umumta’lim maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari yangramoqda. Joriy yilda mazkur ilm dargohlarining 11-sinfini 32 ming 215 nafar o‘quvchi tamomlayapti.
Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Termiz shahridagi 1-maktabdagi tadbirda ishtirok etib, Prezidentimizning mamlakatimiz maktablari bitiruvchilariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi, 2021-2022 o‘quv yilini muvaffaqiyatli yakunlayotganliklari bilan tabrikladi. Bitiruvchilarni davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlarni qadrlab, ulardan yanada samarali foydalanishga chaqirdi. Ularga oq yo‘l tiladi.
Ma’lumot o‘rnida, bu yil maskanni 190 nafar o‘g‘il-qiz tamomladi.
Bitiruvchi yoshlarni katta hayotga kuzatish tadbirlari barcha shahar va tumanlarda mutasaddi rahbarlar ishtirokida katta tantana bilan nishonlanmoqda.
Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati