To‘ra Bobolovning navbatdagi tadbirkorlar qabuli bo‘lib o‘tdi
Surxondaryo viloyati hokimligida xususiy sektor vakillarini o‘ylantirayotgan muammolarni hal etish hamda yangi istiqbolli g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida navbatdagi “Tadbirkorlar qabuli” bo‘lib o‘tdi.
Qabulda viloyatimiz shahar va tumanlaridan 11 nafar tadbirkor o‘zini qiynayotgan masalalar bo‘yicha viloyat hokimiga murojaat qildi. Ushbu murojaatlarning 3 tasi joyida hal etilgan bo‘lsa, yechimi ma’lum vaqt talab etadigan 8 ta masalalar bo‘yicha tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi.