Yig‘ilishda viloyat hokimlari oldiga tegishli idora va tashkilotlar bilan birga servis va xizmat ko‘rsatish obyektlarida yaratilgan doimiy yangi ish o‘rinlarini yarim yil yakuni bilan 300 mingtaga, yil yakuniga qadar esa
yana 800 mingtaga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
Bu ko‘rsatkichlarni uddalash mumkinligi Buxoro viloyati misolida tushuntirildi.
Misol uchun, Buxoro shahridagi tadbirkorlar eski shahardagi mehmonxona, oshxona, savdo do‘konlarining tom qismida restoran va kafeteriylar tashkil etgan.
Shu kabi shaharning 8 ta markaziy ko‘chasida joylashgan davlat tashkilotlarining 50 ga yaqin binolarining 1-qavatida
100 dan ziyod restoran va kafeteriylar, servis joylarini tashkil etish imkoni mavjud.
Viloyat hokimlariga Buxoro tajribasini 28 ta shahar, barcha tuman markazlari hamda poytaxt tumanlarida joriy qilish topshirildi.
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligiga respublika bo‘yicha davlat idoralarining balansidagi, yo‘l bo‘ylarida joylashgan
4 mingga yaqin ma’muriy binolaridan servis sohasida samarali foydalanish bo‘yicha dastur ishlab chiqishga ko‘rsatma berildi.