Yig‘ilishda Kadastr agentligiga yil yakunigacha 20 ta vazirlikning kadastr ma’lumotlarini Milliy geoaxborot tizimiga to‘liq kiritish topshirildi.

1 sentabrga qadar 205 ta tuman va shaharda 253 ta maxsus savdo va xizmat ko‘rsatish ko‘chalarini tashkil etish reja qilingan.

Ushbu maqsadlar uchun o‘tgan yili respublika budjetidan

1,4 trillion so‘m, joriy yilda esa 900 milliard so‘m ajratildi.

Masalan, Jizzax shahri “Jizzaxlik” mahallasidagi boshi berk ko‘cha Sharof Rashidov markaziy ko‘chasiga bog‘lanib, 1,4 kilometr avtomobil yo‘li, piyodalar va velosiped yo‘lakchalari barpo etilgan. Savdo va servis obyektlariga tunu-kun ishlashga ruxsat berilgan.

Natijada, ilgari ushbu hududdagi 1 kvadrat metr joy

2-3 mln so‘mga ham sotilmagan bo‘lsa, hozir narxi

8-9 mln so‘mga yetgan. Eng muhimi, savdodan tushgan mablag‘larni boshqa ko‘chalarning infratuzilmasini yaxshilashga yo‘naltirish ishlari boshlangan.

Viloyat hokimlariga Jizzax tajribasi asosida 1 tadan ko‘chani tanlab, ularni serqatnov ko‘chalarga ulash orqali servisni rivojlantirish loyihasini boshlash topshirildi.