Yig‘ilishda yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish masalasiga to‘xtalib o‘tildi.
Misol uchun, Boysundagi Omonxona qishlog‘ida 1 ta sihatgoh, 3 ta mehmonxona bo‘lib, mehmonlarni 190 ta xonadon qabul qiladi (yiliga o‘rtacha 22-25 ming mehmon keladi).
Ushbu qishloqdagi hokim yordamchisi mehmonlar oqimini 100 mingga yetkazish bo‘yicha ish boshlagan.
Agar yo‘l infratuzilmasi yaxshilansa, yo‘l bo‘yida 200 dan ziyod servis obyektlari va kamida 1 mingta ish o‘rinlari paydo bo‘ladi.
Umuman, 28 ta yirik shahar, xizmat ko‘rsatish salohiyati yuqori 10 ta tumanda ishlar yangi yondashuvlar asosida tashkil etiladi. Bu hududlarning master-rejasi ishlab chiqishga 200 milliard so‘m ajratiladi.
Bunda:
- bir hafta muddatda har bir tuman va shaharda loyiha ofislari tuzilib, xorijiy konsalting kompaniyalari va ekspertlar jalb qilinadi;
- loyiha ofislari bir oy muddatda ushbu tuman va shaharlar aholisi takliflari asosida master-rejani ishlab chiqadi.
Ushbu tuman va shaharlarga tijorat banklari biriktirilib, servis loyihalarini moliyalashtirishga mas’ul bo‘ladi.