O‘ttizga yaqin vazirlik va idora rahbarlari hamda viloyat hokimining navbatdagi ommaviy qabullari Denov tumanida bo‘lib o‘tmoqda
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti binosida Denov va Oltinsoy tumanlari fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Tursunxan Xudaybergenov rahbarligida vazirliklar, sektorlar, hududiy tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabullar bo‘lib o‘tmoqda.
Ommaviy sayyor qabullarda ayni vaqtga qadar 1000 nafarga yaqin fuqarolar tashrif buyurgan.