Surxondaryo viloyati hokimligida 41 nafar keksa avlod vakillarini Prezidentimiz tomonidan ta’sis etilgan “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yillar davomida elga xizmat qilgan, endilikda boy mehnat tajribasi, hayotiy hikmatlari bilan jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan insonlarning “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishi nuroniylarga bo‘lgan yuksak ehtiromning munosib namunasidir.


Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vaziri Tursunxan Xudaybergenov hamda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov I, II, III darajali “Mehnat faxriysi” nishonlari va pul mukofotlarini o‘z egalariga topshirdi.



Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati