“Kitob karvoni” Termizdan yo‘lga chiqdi

“Kitob karvoni” Termizdan yo‘lga chiqdi

Termiz shahrida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan viloyat yoshlar festivalining birinchi kun tadbirlari “Kitob karvoni” loyihasi bilan boshlandi.

Shahar va tumanlardagi eng olis hududlarda yashovchi yoshlarning foydalanishlari uchun mahallalardagi yoshlar yetakchilariga yetkazib beriladigan 7 ming 500 dona eng sara badiiy asarlar yuklangan kitob karvoni Termiz shahridagi Yoshlar markazi binosi yonidan o‘z manzillariga qarab yo‘l oldi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati