Surxondaryoda ‘‘Mehr daftari’’ga kiritilgan 60 nafar yigit-qizlarga tikuv mashinasi hamda noutbuklar topshirildi

Xabaringiz bor, Prezidentimiz Qarori bilan 2021 yildan yurtimizdagi Mehribonlik uylari tugatilib, Oilaviy bolalar uylari tashkil etilgandi. Surxondaryo viloyatida ham 7 ta Oilaviy bolalar uylari tashkil etilib, Mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan bolalar oilalar bag‘riga olindi.

Shuningdek, mazkur hujjat bilan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama ko‘llab-quvvatlash ularning muammolariga yechim topish maqsadida ‘‘Mehr daftari’’ ham tashkil etildi.

Ayni paytda viloyatimizda 249 nafar o‘g‘il-qizlar ‘‘Mehr daftari’’ga kiritilgan bo‘lib, ulardan 4 nafariga sog‘lig‘ini tiklash uchun ushbu jamg‘armadan moddiy yordam pullari ajratib berildi.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimligida viloyatimizdagi 60 nafar “Mehr daftari”ga kiritilgan yigit-qizlarga ham ularning xohish va istaklari inobatga olinib, jamg‘armaning 270 million so‘m pul mablag‘i evaziga 30 dona noutbuk va 30 dona tikuv mashinasi topshirildi.

Bolalarning bandligini ta’minlash va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlari uchun taqdim etilgan mazkur jihozlar viloyat hokimining o‘rinbosari Ilhom Saparov tomonidan Xalq ta’limi vazirligi mas’ul xodimi va Bolalar masalalari bo‘yicha viloyat, shahar va tuman mudirlari ishtirokida topshirildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.