Pokistondagi halokatli suv toshqinlaridan jabrlanganlar uchun insonparvarlik yordami yuklari yuborildi

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va BMTning Qochoqlar bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining o‘zaro hamkorlikdagi dastlabki insonparvarlik yordami yuklari havo yo‘llari orqali Termizdan jo‘natildi.

 Suv toshqinlaridan jabr ko‘rgan aholi uchun 15 tonnadan iborat vaqtinchalik turar joy namunalari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining maxsus harbiy samolyotida Pokistonning Karachi shahriga yetkazib beriladi.

  "Biz O‘zbekiston Hukumatining qo‘llab-quvvatlovi orqali BMTning Qochoqlar bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi favqulodda vaziyatlarda tezkor gumanitar yordam ko‘rsatish imkoniga ega bo‘layotganini yuksak baholaymiz", deya e’tirof etdi BMT QOKBning Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili Xans Fridrix Shodder.

 So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, suv toshqinlari natijasida Pokistonning 7,6 millionga yaqin aholisi o‘zi istiqomat qiladigan hududlardan ko‘chirilgan, shundan deyarli 600 ming nafari ijtimoiy ko‘mak beriladigan boshpanalarda yashayapti. Mamlakat rasmiylari eng ko‘p talofat ko‘rgan tumanlarda toshqin suvlarining chekinishi olti oygacha davom etishi mumkinligidan ogohlantirishmoqda.

 Insonparvarlik yordami yuklari dastavval BMT Qochoqlar bo‘yicha Oliy komissarining Surxondaryo viloyatidagi Mintaqaviy gumanitar-logistik markaziga keltirildi.

 Ma’lumot uchun, joriy yilning iyun oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Termez Cargo Centre” majmuasiga “Gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha xalqaro ko‘p funksiyali transport-logistika xabi” maqomi berildi.

  BMTning Qochoqlar bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Pokistondagi suv toshqinlaridan eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlardagi mahalliy hokimliklarga shu kungacha 1 milliondan ortiq birlamchi zaruriy buyumlarni topshirdi.

 Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.