TAYINLOV: Angor tumaniga yangi hokim tayinlandi

Xalq deputatlari Angor tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Sessiyada shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Abdullayev Shohjahon Bekmuratovich vazifasidan ozod etildi. Tuman hokimi lavozimiga Mardonov Qosim Esonovich tasdiqlandi.

Qosim Mardonov 1975 yil 24 noyabrda Termiz tumanida tug‘ilgan. 1997 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi iqtisodchi.

Q.Mardonov 2007-2020 yillarda Moliya boshqarmasi, mahalliy hokimliklar hamda Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2020 yildan buyon Vazirlar Mahkamasi Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyatining Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.