TAYINLOV: Muzrabot tumaniga yangi hokim tayinlandi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Sessiyada shu kunga qadar tuman hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Ismailov Abdurashid Hudayarovich tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Abdurashid Ismailov 1977 yil 12 iyulda Boysun tumanida tug‘ilgan. 2005 yil Termiz davlat universiteti, 2014 yil Toshkent moliya institutini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi pedagog, budjet hisobi va nazorat-moliya.

A.Ismailov 1996-2022 yillarda ijtimoiy ta’minot, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2022 yildan buyon Muzrabot tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.