TAYINLOV: Jarqo‘rg‘on tumaniga yangi hokim tayinlandi

Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Sessiyada shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan O‘raqov Baxodir Abdiqayum o‘g‘li vazifasidan ozod etildi. Tuman hokimi lavozimiga Avazov El’murod Ro‘zimurodovich tasdiqlandi.

El’murod Avazov 1988 yil 15 iyulda Sherobod tumanida tug‘ilgan. 2010 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi buxgalteriya hisobi va audit, davlat moliyasini boshqarish.

E.Avazov 2012-2022 yillarda iqtisodiyot boshqarmasi va viloyat hokimligida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2022 yildan buyon Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Savdo va xizmatlar infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

2 izoh

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.