TAYINLOV: Sariosiyo tumaniga yangi hokim tayinlandi

Xalq deputatlari Sariosiyo tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Sessiyada shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Xo‘jaqulov Abdisalom Pardayevich vazifasidan ozod etildi. Tuman hokimi lavozimiga Donayev Abduqodir Haydarovich tasdiqlandi.

Abduqodir Donayev 1981 yil 8 avgustda Muzrabot tumanida tug‘ilgan. 2005 yil Toshkent davlat yuridik institutini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi huquqshunos.

A.Donayev 2005-2022 yillarda Prokuratura organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2022 yildan buyon Toshkent shahar Yashnobod tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.