TAYINLOV: Uzun tumaniga yangi hokim tayinlandi

Xalq deputatlari Uzun tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Sessiyada shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Tursunov Baxrom Boboxonovich vazifasidan ozod etildi. Tuman hokimi lavozimiga Bozorov Xabibulla Sherdanakulovich tasdiqlandi.

Xabibulla Bozorov 1980 yil 3 aprelda Angor tumanida tug‘ilgan. 2003 yil Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi huquqshunos.

X.Bozorov 2003-2022 yillarda Ichki ishlar organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2022 yildan buyon Toshkent shahar IIBB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

5 izoh

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.