TAYINLOV: Denov tumaniga yangi hokim tayinlandi

Xalq deputatlari Denov tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Sessiyada shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Allamuradov Abdumalik Abduqodirovich vazifasidan ozod etildi. Tuman hokimi lavozimiga Abrorov Ilxom Ibraximovich tasdiqlandi.

Ilxom Abrorov 1971 yil 3 iyulda Denov tumanida tug‘ilgan. 1995 yil Tojikiston davlat universiteti, 2008 yil Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi buxgalteriya hisobi, davlat va jamiyat qurilishi.

I.Abrorov 1997-2020 yillarda mahalliy hokimliklar va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2020 yildan buyon Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

3 izoh

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.