Viloyat hokimi Baxshichilik san’atiga ixtisoslashgan Respublika maktab-internati faoliyati bilan tanishdi

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan Baxshichilik san’atiga ixtisoslashgan Respublika maktab-internatida bo‘ldi. Yurtimizda bugungi kunda yagona bo‘lgan ushbu ta’lim muassasasida baxshichilik san’atini yosh avlodga o‘rgatish ishlari bilan tanishildi. 

Davlat rahbarining Surxondaryo viloyatiga 2021 yildagi tashrifida berilgan topshiriqqa asosan 150 o‘rinli zamonaviy o‘quvchilar turar joyi qurilgan bo‘lib, hozirda mazkur maktab-internatida yurtimizning turli hududlari hamda viloyatimizning shahar va tumanlaridan kelgan 81 nafar o‘quvchi baxshichilik va san’atning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olishadi. Ularga 42 nafar o‘qituvchi murabbiylar, jumladan, 3 nafar xalq baxshilari voha milliy san’atini, baxshichilik sir-asrorlarini o‘rgatib kelishmoqda.

Viloyat rahbari maktab-internati faoliyati bilan tanishar ekan, o‘quvchilar turar joyida o‘quvchilarning yotoq xonalaridagi, oshxonasi, madaniy xordiq olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, qo‘shimcha bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Viloyat hokimi baxshi murabbiylar hamda o‘quvchi yoshlar bilan suhbatlashdi. Suhbatlar davomida ular tomonidan termalar ijro etildi.

Maktab-internatining iqtidorli o‘quvchilari viloyat hokimining sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, baxshichilik san’atini ommalashtirish maqsadida turli xil tanlovlar tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar yuklandi.

 

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.