Jarqoʼrgʼonliklarning murojaatlari tinglandi, muammolariga yechim izlandi

Xabar berganimizdek, kecha Surxondaryo viloyati hokimining Jarqoʼrgʼon tumanida ommaviy sayyor qabuli oʼtkazildi. Qabulda 171 nafar fuqaroning 201 ta masaladagi murojaatlari tinglandi.

Fuqarolar asosan elektr energiyasi, gaz va ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash, ichki yoʼllarni taʼmirlash, ishga joylashish, davolanish va kontrakt pullarini toʼlash uchun moddiy yordam, tadbirkorlik uchun kredit ajratish va boshqa masalalardagi muammolar yuzasidan murojaat qilishdi.

Kelib tushgan murojaatlarning 39 tasi shu yerning oʼzida ijobiy hal etildi. Аyrim murojaatlar dasturlar va boshqa yoʼnalishlar orqali hal etilishi yuzasidan mutasaddilar tomonidan tushuntirishlar berildi.

Ijrosi muddat va qoʼshimcha oʼrganish talab qiladigan murojaatlar masʼullarga yoʼnaltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.