Буюк Британия делегацияси Сурхондарёда

Аyni paytda janubdagi viloyatda Britaniya sarmoyasi ishtirokida 8 ta korxona faoliyat yuritmoqda. 2018-2020 yillarda hududga jalb etilgan toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiyalarning 106,2 million dollari yoki 22,6 foizi britaniyalik sarmoyadorlar hissasiga toʼgʼri kelgan. 2021-2023 yillarda vohada Buyuk Britaniya biznes vakillari ishtirokida 248,5 million dollarga teng yana 7 ta istiqbolli loyihani amalga oshirish moʼljallanmoqda.

Oʼzbekistonni Аfgʼoniston bilan bogʼlab turuvchi Termiz – Hayraton koʼprigi hududida davom etgan samimiy suhbat chogʼida ikki mamlakatning chegaradosh viloyatlari oʼrtasida oʼrnatilgan oʼzaro hududlararo hamkorlik aloqalari va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar xususida fikr almashildi.

Mehmonlar “Аyritom” chegara bojxona postida yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan tanishdi. Chegara hududda yangi barpo etilayotgan Termiz xalqaro savdo markazi va unda chet ellik ishbilarmonlar uchun yaratiladigan qulayliklar haqida yetarli maʼlumotga ega boʼldi.

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi mudofaa vazirining parlamentar oʼrinbosari, Qurolli kuchlari vaziri Jeyms Hippi doʼstona uchrashuv uchun viloyat hokimiga minnatdorlik bildirdi.

Delegatsiya aʼzolariga Buyuk Britaniyaning Oʼzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Timoti Torlou hamroxlik qildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.