BMTdagi tashabbuslar mintaqada ekologik barqarorlikka erishish garovidir

Mazkur tashabbuslar qatorida globall iqlim oʼzgarishlari va ekologik xavfsizlikni taʼminlash borasida fikr bildirar ekan,  tinchlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga transmilliy tahdidlar tobora kuchayotganligi, iqlim jadal oʼzgarayotganligi borasida oʼz xavotirlarini bayon etib,  Oʼzbekiston tomonidan iqlim oʼzgarishlariga qarshi kurash, atrof-muhit va bio xilma-xillikni muhofaza qilish, tiklanadigan energiya manbalariga oʼtish masalalarida koʼrilayotgan chora-tadbirlarga alohida toʼxtaldi. Masalan:

 - Ekologiya borasidagi choralarning mantiqiy davomi sifatida 2022 yili Orolboʼyi hududida, Nukus shahrida «yashil» energetika boʼyicha BMT bilan hamkorlikda yuqori darajadagi xalqaro forum oʼtkazish;  

 - BMT shafeligida global ekologik siyosatning ustuvor yoʼnalishlarini batafsil muhokama qilish maqsadida 2023 yilda Oʼzbekistonda Аtrof-muhit boʼyicha BMTning yuqori darajadagi Oltinchi Аssambleyasini oʼtkazish;

        Yuqoridagi tashabbuslardan asosiy maqsad sifatida “Аssambleya ishtirokchilari Orol dengizining qurishi natijasida yuzaga kelgan, ekologik ofat markazi boʼlgan, Orolboʼyi mintaqasidagi ogʼir vaziyat bilan bevosita tanishish va zarur xulosalar chiqarish imkoniyatiga ega boʼladilar. Bundan tashqari, atrof-muhit boʼyicha Аssambleyada Birlashgan Millatlar Tashkilotining yangi ekologik siyosati asoslarini tashkil etishga qaratilgan Butunjahon ekologiya Xartiyasini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surmoqchimiz”, - dedi Oʼzbekiston yetakchisi.

Chunki bugungi kunda yer sayyorasida ekologik muvozanat izdan chiqib borayotganligi ilmiy jihatdan yanada aniq boʼlib bormoqda.

Insoniyatning taraqqiyotga erishish yoʼlida tabiatga nisbatan xoʼjasizlarcha munosabatda boʼlishi atrof-muhitdagi muvozanatning izdan chiqishiga olib keldi. Buning salbiy oqibatlari dunyoning turli mintaqalarida tez-tez yuz berayotgan suv toshqinlari, toʼfonlar, oʼrmon yongʼinlari, qurgʼoqchilik, muzliklarning erishi, qush va hayvon turlarining yoʼqolib borayotgani, qish kuzatilmaydigan joylarda kutilmaganda qor yogʼishi, aksincha, doimo sovuq ob-havo hukm suradigan oʼlkalarda haroratning iliq kelishi va yana shunga oʼxshash koʼplab anomal hodisalar misolida yaqqol namoyon boʼlmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, iqlimdagi oʼzgarishlar dunyoning barcha okean va qitʼalaridagi tabiiy tizimlarda sezilarli oʼzgarishlarga sabab boʼlmoqda. Kelgusi oʼn yillikdan boshlab fasllar bilan bogʼliq noodatiy jarayonlar boshlanishi mumkin. Masalan, juda qattiq sovuq hukm suradigan qish oʼrnini birdaniga jazirama yoz egallashi hech gap emas. Hatto bir kecha-kunduz oraligʼida issiq va sovuq haroratning almashinuvi tez-tez roʼy berishi ehtimolga yaqin. Boshqacharoq izohlansa, yil davomida faqat qish va yoz fasli hukm sursa, ne ajab. Buning oqibatida havo tarkibida atrof-muhitga, inson salomatligiga salbiy taʼsir qiluvchi moddalar miqdori, ummon suvlarining esa kislotalilik darajasi ortishi taxmin qilinmoqda.

2016 yildan 2035 yilga qadar sayyoramizda harorat taxminan 0,7 daraja, 2081 yilga borib esa, 1986 — 2005 yillardagi koʼrsatkichga nisbatan qiyoslaganda, qariyb 2 daraja koʼtarilishi kutilmoqda. Natijada doimiy muzliklarning erish jarayoni tezlashib, okeanlar sathi yuksaladi. Xususan, 2081 — 2100 yillarda ummon suvlari sathi 1986 — 2010 yillardagiga nisbatan 0,58 dan 0,98 metrgacha koʼtariladi. Bu esa, oʼz navbatida, toshqinlar koʼpayishiga, yer koʼchkilari va eroziyaga, baliqlar hamda quruqlikdagi jonzotlarning pala-partish migratsiyasiga sabab boʼladi. Iqlim oʼzgarishi oziq-ovqat xavfsizligiga ham salbiy taʼsir koʼrsatmasdan qolmaydi. Hisob-kitoblardan kelib chiqib, 2050 yilga borib, makkajoʼxori, guruch va bugʼdoy yetishtirish hajmi 25 foizgacha qisqarishi bashorat qilinmoqda.

Biz xam shu oʼrinda gapimizni muxtasar qilib nega davlatimiz rahbari tomonidan BMT minbarida turib bu kabi konstruktiv tashabbuslar oʼrtaga tashlanayotganligini sabablarini tushunib yetish qiyin emas. Umuman olganda globall iqlim oʼzgarishlarini oldini olish, Orol muammosini hal etish, mintaqada ekologik barqarorlikni taʼminlash borasida davlatimiz tomonidan bir qancha amaliy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Biroq, bu borada ishlarni yanada jadallashtirish, tabiiy energiya manbalarini xajmini oshirish, sanoatda tabiatga kam chiqindi chiqaradigan texnologiyalarni koʼlamini yanada oshirish, fuqarolar ongida ekologik madaniyatni shakllantirish, mamlkatning har bir fuqarosida ekologik masʼuliyatni kuchaytirish kabi ishlarni kun tartibidagi masala sifatida belgilashimiz muhim ahamiyatga ega boʼladi.


Oʼzbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Senati aʼzosi, senator    

А.SАNGINOV

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.