Surxondaryoda O‘zbekiston xalq rassomi Ro‘zi Choriyevning 90 yilligi keng nishonlanmoqda

Shu munosabat bilan Termiz shahrida Ro‘zi Choriyev nomidagi Surxondaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida haykaltarosh Botir Hakimov tomonidan ishlangan rassom haykalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. (https://t.me/axborot_xizmati/10025) Tadbir davomida O‘zbekiston xalq rassomi Ro‘zi Choriyevning asarlari jamlangan kichik muzey ham foydalanishga topshirildi.

Tadbirda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi rahbariyati, san’at ixlosmandlari, mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda san’at maktab-internatining jajji iste’dodlari ishtirok etishdi.

Dastlab, viloyat hokimining o‘rinbosari Jo‘rabek To‘rayev yig‘ilganlarga viloyat hokimining tabrigini o‘qib eshittirdi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur hamda Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, senator Orziqul Soatovlar so‘zga chiqib, rassom hayot va ijod yo‘lidagi xotiralarini so‘zlab berdilar.

Tadbir ishtirokchilar rassom asarlari jamlangan muzey faoliyati hamda "Ro‘zi Choriyev izdoshlari" rasmlar tanlovi ishtirokchilarining ijod namunalarini bilan tanishdilar.

Shuningdek, Termiz davlat universitetida "O‘zbek tasviriy san’ati rivojida Ro‘zi Choriyev ijodining o‘rni va ahamiyati" mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya hamda O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining "Termiz ART" galereyasida rassom hamda uning izdoshlari asarlaridan tashkil topgan "Surxon kuychisi" nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, ertaga, 26 noyabr kuni tadbir doirasida "Ro‘zi Choriyev izdoshlari" rasmlar tanlovi g‘oliblarining ko‘rgazmasi va taqdirlar marosimi, uchrashuv, taqdimotlar va mahorat darslari hamda Ro‘zi Choriyev tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy-badiiy xotira kechasi bo‘lib o‘tadi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.