Sariosiyoda ijtimoiy soha obyektlari foydalanishga topshirildi

Sariosiyo tumanida "Obod qishloq" davlat dasturi asosida ijtimoiy soha obyektlari foydalanishga topshirildi. Jumladan, Marjona mahallasidagi 35 yil oldin qurilgan va ta’mirtalab bo‘lgan 23-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti mukammal ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy qiyofa kasb etdi. Mazkur ishlar uchun dastur asosida 2 mlrd. 36 mln. so‘m mablag‘ ajratildi.

Shu kunning o‘zida 317 mln. so‘m mablag‘ evaziga zamonaviy loyiha asosida qurilgan va barcha sharoitlarga ega bo‘lgan mahalla idorasi binosi ham foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, tumandagi "Obod qishloq" dasturiga kiritilgan Galabutta mahallasida 422 o‘rinli 63-sonli maktabda mukammal ta’mirlash ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirildi. Mazkur ishlar uchun dastur asosida 2 mlrd. 612 mln. so‘m mablag‘ ajratildi.

Ushbu obyektlarining foydalanishga topshirilishiga bag‘ishlangan tadbirda tuman hokimi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdi.

 (https://t.me/sariosiyohokimligi/10091)Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 noyabr kuni viloyat hokimi To‘ra Bobolov hududlarda foydalanishga topshirilmagan barcha obyektlarning qurilish pudrat tashkilotlari rahbarlari va joylardagi mas’ullar bilan birma-bir gaplashib qurilish ishlarining yakunlanmasligi sababini o‘rganib, yechimi yuzasidan mas’ullarga vazifa yuklagan edi.

https://t.me/axborot_xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.