Viloyatda maktabgacha qamrovni oshirish borasidagi ishlar tanqidiy muhokama qilindi

Bugun, 17 yanvar kuni viloyat hokimligida videoselektor tarzida navbatdagi Hokimlik soati yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda viloyat, shahar va tumanlar sektorlari rahbarlari, hokimlik apparati mas’ul xodimlari, aloqador boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Yig‘ilishni viloyat hokimi To‘ra Bobolov boshqarib bordi.

Dastlab viloyat, shahar va tumanlar hokimliklarida ijro intizomi holati ko‘rib chiqildi. Shundan so‘ng, hududlarda maktabgacha ta’lim qamrovni oshirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati tanqidiy muhokama qilindi.

Viloyat rahbari ushbu yo‘nalishlarda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga tegishli tartibda ogohlantirish berib, ularni bartaraf etish bo‘yicha muddat belgiladi.

https://t.me/axborot_xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.