Navbatdagi Hokimlik soati va tadbirkorlar qabuli bo‘lib o‘tdi

Bugun, 24 yanvar kuni viloyat hokimligida videoselektor tarzida navbatdagi  Hokimlik soati yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda viloyat, shahar va tumanlar sektorlari, hokimlik apparati mas’ul xodimlari, aloqador boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Yig‘ilishni viloyat hokimi To‘ra Bobolov boshqarib bordi.

Yig‘ilishda viloyat, shahar va tumanlar hokimliklarida ijro intizomi holati, jamoat transport xizmatini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish hamda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida hududlarda olib borilayotgan ishlar holati tanqidiy muhokama qilindi.

Shundan so‘ng, faoliyatida muammolari bo‘lgan tadbirkorlar bilan viloyat hokimining navbatdagi “Tadbirkorlar qabuli” bo‘lib o‘tdi.

Qabulda viloyatimiz shahar va tumanlaridan 17 nafar tadbirkor o‘zini qiynayotgan masalalar bo‘yicha viloyat hokimiga murojaat qildi. Murojaatlarning asosiy qismi tijorat banklaridan kredit olish, kommunal sohadagi muammolar va boshqa sohalarga oid masalalar bilan bog‘liq bo‘ldi.

Qabulda qatnashgan tadbirkorlarning 5 nafarining murojaati joyida hal etilgan bo‘lsa, yechimi ma’lum vaqt talab etiladigan 12 ta masala bo‘yicha aloqador tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

1 izoh

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.