To‘ra Bobolov maktab bitiruvchilari bilan uchrashdi

25 may. Maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” jarangladi. Ulkan orzu-maqsadlar bilan ta’lim-tarbiya quchog‘ida jam bo‘lgan o‘quvchilar bugun hayotning katta ostonasiga qadam qo‘yishmoqda.

Bugun viloyatimizning 929 ta umumta’lim maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari yangramoqda. Joriy yilda mazkur ilm dargohlarining 11-sinfini 32 ming 215 nafar o‘quvchi tamomlayapti.

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Termiz shahridagi 1-maktabdagi tadbirda ishtirok etib,  Prezidentimizning mamlakatimiz maktablari bitiruvchilariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi,  2021-2022 o‘quv yilini muvaffaqiyatli yakunlayotganliklari bilan tabrikladi. Bitiruvchilarni davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlarni qadrlab, ulardan yanada samarali foydalanishga chaqirdi. Ularga oq yo‘l tiladi.

Ma’lumot o‘rnida, bu yil maskanni 190 nafar o‘g‘il-qiz tamomladi.

Bitiruvchi yoshlarni katta hayotga kuzatish tadbirlari barcha shahar va tumanlarda mutasaddi rahbarlar ishtirokida katta tantana bilan nishonlanmoqda.


 

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

 

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.