Yig‘ilishda sanoat zonalarini rivojlantirish borasida hududlarda qilinadigan ishlar ko‘pligi ko‘rsatib o‘tildi.

Jumladan, 96 ta kichik sanoat zonasining bosh rejasi haligacha tasdiqlanmagani bois ularda 3,5 trillion so‘mlik 648 ta tayyor loyihalar boshlanmasdan turgani ta’kidlandi.

Xuddi shunday, sanoat zonalari maydonlarining 37 foizi elektr, suv, gaz, yo‘l va kanalizatsiya bilan ta’minlanmagani tanqid qilindi.

Shuningdek, sanoat zonalarida loyihalarni boshlash uchun tadbirkorlar 5 ta bosqichli jarayondan o‘tib, 10 turdan ortiq hujjatlarni taqdim etishi lozim (bunga 3 oygacha vaqt sarflanmoqda).

Oqibatda hozirda Buxoroda 10 ta, Toshkent viloyatida 5 ta, Samarqand va Farg‘onada 1 tadan loyiha boshlanmasdan turibdi.

“Biz Taraqqiyot dasturimizda kelgusi besh yilda sanoatni 1,4 baravarga oshirishni maqsad qilganmiz. Bu – juda katta marra.

Shuning uchun, har bir viloyat, tuman va shahar hokimi yangi tashabbuslar ko‘rsatishi, tadbirkorlarni topib, loyihalarni ko‘paytirish bo‘yicha o‘zlarining aniq rejalariga ega bo‘lishlari zarur”, dedi davlat rahbari.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.