Jinoyatchilikning oldini olish va mahallabay ishlashni tashkil etish borasidagi ishlar tanqidiy muhokama qilindi

Viloyat hokimligida hududda jinoyatchilikning oldini olish va mahallabay ishlashni tashkil etish borasidagi ishlar muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Tahliliy va tanqidiy ruhda o‘tgan videoselektor yig‘ilishida viloyat, shahar va tumanlar studiyasidan sektorlar rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, hokimlik apparati mas’ul xodimlari, mahalla fuqarolar yig‘ilinlari raislari, Xalq qabulxonalari, boshqa aloqador boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, yoshlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda viloyat rahbari hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganish natijalari hamda sodir etilayotgan jinoyatchilik tahliliga to‘xtalib, ogohlik davr talabi ekanligini, globallashuv jarayonida axborot xurujlari hamda turli xavf-xatarlari avj olgan bu davrda tinchlik va osoyishtalikni saqlash har bir fuqaroning burchi ekanligini ta’kidladi. Shu o‘rinda joylarda rahbarlarning aholi daromadlarini oshirish borasidagi ishlari yetarli emasligi, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida yechim izlanmayotganligi qattiq tanqid qilindi.

Muhokamalarda viloyat ishchi guruhi tomonidan tumanlarda olib borilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari tomonidan fikrlar bildirilib, mas’ullarning axborotlari tinglandi.

 Hududlarda sektor rahbarlarining aholi bilan uchrashuvlarini muntazam tashkil etish, murojaatlarni muddatida hal etish, jinoyatchilikning oldini olish va uni barvaqt aniqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘inlari va huquqni muhofaza qilish organlarining o‘zaro hamkorligini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.