Elektr energiyasi iste’molchilari diqqatiga!

Ma’lumki, yoz faslida havo harorati keskin ko‘tarilib, anomal jazirama bo‘lishi Termiz shahar elektr ta’minoti korxonasi tassarufida bo‘lgan 110/10/6 kVli “Sharq” va 110/35/6 kVli “Termiz” podstansiyasilarida mavjud kuch transformatorlarining zo‘riqib ishlashi hamda belgilangan me’yordan ortiq haroratgacha qizib ishlashiga olib kelmoqda.

Olib borilgan o‘lchov-nazorat tadbirlari davomida, podstansiyalarda mavjud kuch transformatorlarining harorati ayni kunning eng issiq vaqtlarida 105-110 °S gacha ko‘tarilishi kuzatilmoqda. Holbuki O‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga binoan  me’yoriy harorat - 95 °S bo‘lishi lozim.

Ushbu holat esa mavjud kuch transformatorlarning ishdan chiqishiga va yaroqsiz holga kelib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin,  Natijada sodir bo‘ladigan nosozlikni montaj-demontaj ishlari ko‘p vaqt talab etmoqda.

Yuqoridagilar inobatga olingan holda, iste’molchilarning elektr ta’minoti uzluksizligini hamda energotizimning barqarorligini ta’minlash maqsadida  vaqti-vaqti bilan qisqa muddatlarda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari” talablariga asosan elektr ta’minotida cheklashlar kiritib borilishini ma’lum qilamiz.

Elektr ta’minotida olib boriladigan qisqa muddatli cheklash ishlari davomida elektr ta’minotida sodir bo‘ladigan uzilishlar yuzasidan kelib chiqadigan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

“Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Matbuot xizmati