Surxondaryo delegatsiyasi ikki kunlik tashrif bilan Tojikistonning Xatlon viloyatida bo‘lib turibdi

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov boshchiligidagi delegatsiya tarkibida viloyat hokimi o‘rinbosarlari, aloqador boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, Termiz shahri va tumanlar hokimlari, shuningdek, xususiy sektor vakillari bor.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – hududlararo savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kuchaytirish, qo‘shni Tojikiston Respublikasining Xatlon viloyatidagi bir qator ob’ektlar bilan tanishtirish va tajriba almashishdan iborat.

Tashrif doirasida Surxondaryo va Xatlon viloyatlari, shuningdek, ikki viloyatning shahar va tumanlari hokimlari tomonidan o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha memorandumlar imzolanishi hamda qator eksport va investitsiya kelishuvlariga erishilishi kutilmoqda.