Termiz shahridagi xonadonlardan birida sodir bo‘lgan gaz-havo aralashmasi chaqnashi holati to‘g‘risida ma’lumot

Bugun, 10 dekabr kuni tongi 06:40 lar chamasida Surxondaryo viloyati Termiz shahri “O‘zbekiston” mahallasi Alisher Navoiy ko‘chasi 24-uy yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan N.V.ning yashash uyi oshxonasida tabiiy gaz va havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lib, chaqnash oqibatida V.N.ning butun tana yuzasi 3-4-darajali, 40-45 foiz kuyish tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Termiz filialiga yotqizilgan.

Ushbu baxtsiz xodisaning sodir bo‘lishiga xonadonga o‘rnatilgan gaz hisoblagich hisobdoni qarz tufayli o‘chgach, fuqaro V.N. tomonidan o‘zboshimchalik bilan gaz hisoblagich hisobdonidagi filtr qismini yechib olishi va qo‘lbola usulda tayyorlangan rezina shlangni noqonuniy ulab foydalanishi oqibatida xonaga gaz sizib chiqishi gaz-havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘lishiga olib kelgan.

Voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Tezkor boshqaruv markazi va Termiz shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi rahbarlari va mas’ul xodimlari yetib borishgan hamda shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 2 ta yong‘in qutqaruv ekipajlari jalb etilgan.

Afsuski, iste’molchilar orasida qarzdorlik bo‘yicha avtomatik tarzda tabiiy gaz berilishi to‘xtatilgandan so‘ng, o‘zboshimchalik bilan elektron gaz hisoblagichlarini yechib olib, rezina shlang va qo‘lbola quvurlar orqali tarmoqqa ulanib olib, tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish holatlari uchramoqda. Faqatgina o‘z manfaatini ko‘zlab ish tutayotgan bunday iste’molchilar tufayli hududdagi gaz ta’minotida o‘zgarishlar, ularni hisoblashda esa xatoliklar yuzaga kelishi va eng achinarlisi noxush hamda baxtsiz holatlar yuz berishi mumkin.

https://alatberatbekasjepang.com/ https://cms.uki.ac.id/pict/spulsa/ https://pmb.takumi.ac.id/file/ https://siparaf.beraukab.go.id/asset/ http://esppd.niasbaratkab.go.id/lib/ygacor/ https://simata.bulelengkab.go.id/application/app/ https://siadik.disdik.jambiprov.go.id/assets/ https://stdb-disbun.kutaitimurkab.go.id/storage/2024/ https://orientasionline.usk.ac.id/osimpus/application/libraries/dompdf_qindsaof/vendor/assets/ https://data.dinaspupr.kalselprov.go.id/lib/
https://aktasidangma.gkjw.or.id/aset/js/sgacor/https://perpustakaan.poltekkesjkt2.ac.id/wp-content/plugins/https://tendik.unand.ac.id/images/https://aktasidangma.gkjw.or.id/vendor/sgacor/https://tendik.unand.ac.id/images/sgacor/