Prezidentimizning 2019 yilda Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Sulton Saodat majmuasini obod qilish boʼyicha koʼrsatmalar berilgan edi. Mazkur topshiriqqa asosan majmuani toʼliq qayta rekonstruktsiya qilish, zamonaviy masjid, kutubxona, kichik markaz va mehmonxona bunyod etish, katta va goʼzal ziyoratgohga aylantirish boʼyicha loyihalar ishlab chiqilib , amalga oshirilmoqda.
Bugun viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov Sulton Saodat majmuasida boʼlib, hududda qurilayotgan 1000 oʼrinli masjid bilan tanishdi. Hududni obodonlashtirish, masjidda ibodatni ado etishga keluvchilar uchun barcha zarur sharoitlar yaratish yuzasidan koʼrsatmalar berildi.
Shundan soʼng viloyat rahbari mutasaddilar va diniy soha vakillari bilan Sulton Saodat majmuasini ziyorat qildi va Qurʼon tilovat qilindi.
Maʼlumot uchun: Ushbu qadamjo X-XVII asrlarga mansub maqbaralar majmuasidir. Bu yerda paygʼambarimiz Muhammad alayhissalomning qizlari Fotima onamiz va Hazrat Аlining beshinchi avlodi boʼlgan Sayyid Hasan al-Аmir mangu qoʼnim topgan. Shu bois u aslida Sulton Sodot, yaʼni “Sayyidlar sultoni” deya atalgan. Keyinchalik maqbara atrofiga uning avlodlari va boshqa sayyidlar dafn etilgan.
Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati