Ikki karra jahon chempioni Bahodir Jalolov taqdirlandi
Kecha viloyat hokimligida Toshkentda boʼlib oʼtgan boks boʼyicha erkaklar oʼrtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qoʼlga kiritgan Bahodir Jalolov bilan uchrashuv oʼtkazildi.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʼbek Qosimov ikki karra jahon chempioni, “Tokio-2020” olimpiya oʼyinlari gʼolibi Bahodir Jalolovning ikkinchi marotaba jahon chempionligini qoʼlga kiritgani bilan muborakbod etib, munosib taqdirladi.
Surxon vohasining faxri, chempion bokschimizga keyingi xalqaro musobaqalarda omadlar tilandi.