Denov tumani mahallalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi

Viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov Denov tumanida boʼlib, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulayliklar yaratish, yoʼllarni taʼmirlash, obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Tumanning “Yangiariq” mahallasida nuroniylar, faollar va mahalla “beshligi” bilan suhbat qilindi. Nuroniylar mahallada olib borilayotgan keng koʼlamli bunyodkorlik ishlaridan mamnunligini bildirishdi.

Shu yerning oʼzida “Toza hudud” DUKning tuman boʼlimi uchun 2 ta maxsus yuk tashish transporti tantanali topshirildi. Shuningdek, oʼz faoliyatida boshqalarga oʼrnak koʼrsatib, mehnat qilayotgan mahalla xodimlariga sovgʼalar berildi.

Shundan soʼng, viloyat rahbari “Chagʼaniyon” mahallasi markazidan oʼtuvchi 2,5 kilometr yoʼlni asfaltlash jarayonlari bilan tanishdi. Masʼullar bilan ishning borishi, asfalt qoplamasining sifati koʼzdan kechirildi. Hozirgi kunda 2 kilometr yoʼlga asfalьt yotqizilgan boʼlib, ishlar davom etmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati